Yoshlarda qiziqish va shijoat uygʻotgan sayohat

0
3014

Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassislik boʻyicha tayyorlash markazida 70 nafar uyushmagan yoshlar uchun tashkil etilgan oʻquv yigʻini davom etmoqda.

Kuni kecha oʻquv yigʻiniga jalb qilingan yoshlarimiz Namangan garnizonida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismga ekskursiya qilib, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, harbiy qismda tashkil etilgan Amir Temur va Jalolliddin Manguberdi tematik sinflari ularning alohida qiziqishiga sabab boʻldi.

Shundan soʻng ular “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida harbiy xizmatchilarning kundalik oʻquv mashgʻulotlarida, shu jumladan sunʼiy toʻsiqli yoʻlaklardan oʻtish, oʻq otish maydonida jangovar qurollardan harakatlanuvchi va paydo boʻluvchi olis va yaqin masofalardagi nishonlarga oʻq otish jarayonlari hamda amaliy oʻquv mashgʻulotlarini kuzatishdi.

Mashgʻulotlarni kuzatish va unda ishtirok etish asnosida yoshlarda sohaga qiziqishlari ortib, shijoatlari uygʻondi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati