Mamlakat qudratini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar

0
4752

Yurtimizda ilm va fan-texnikalarini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etildi.

21-fevraldan 26-fevralga qadar oliy harbiy ta’lim muassasalar iqtidorli kursantlari va yosh olimlarning tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalari, innovatsion va startap loyihalarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmaga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasidan 30 ta, Axborot kommunikatsiya texnologiyalar va aloqa harbiy institutidan 20 ta, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtidan 10 ta, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtidan 19 ta va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga tegishli 1 ta loyiha taqdim etildi.

Bu loyihalar mudofaa va xavfsizlik sohasidagi mavjud muammolar yechimiga qaratilgan bo‘lib, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash, rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan.

Ko‘rgazma so‘ngida “Armiya va xalq yakdil” shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida vaziriklar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Ushbu loyihalar va tadbirlar orqali Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik yana bir bosqichga kutarilganini ko‘rishimiz mumkin.

Qurolli Kuchlar xizmatchisi Muattar MELIYEVA,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti