Mahalla yoshlari artilleriya mutaxassislarini tayyorlash markazida mehmon boʻlishdi

0
4910

Markaziy harbiy okrugning Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan artilleriya mutaxassislarini tayyorlash markazida Nurobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda hududda joylashgan 14 ta mahalladagi uyushmagan yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Dastlab yoshlar markazda yaratilgan sharoitlar, mutaxassislarning erishayotgan yutuqlari hamda artilleriya boʻlinmalarining dala oʻquv mashgʻulotlari bilan tanishdilar.

Shundan soʻng yoshlar oʻrtasida turli sport oʻyinlari boʻyicha mahallalar kesimida musobaqalar oʻtkazildi.

Tadbir davomida markazning madaniyat markazida mahalla yoshlari hamda muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini ham oʻtkazilib, gʻolib va sovrindor jamoalarga tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda harbiy qism rahbariyatining faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Nurobodlik yoshlarning harbiy qismda oʻtkan bir kuni vatanparvarlik hislari bilan yoʻgʻrilgani, sport bilan hamohangligi, qolaversa, egallagan bilimlarini sinovdan oʻtkazganligi bilan unutilmas onlar sifatida hayot sahifalariga muhrlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati