Yoshlarni ogohlikka daʼvat etgan uchrashuv

0
1299

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Xonobod qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan “Gungan” mahalla fuqarolar yigʻinidagi taʼlim maskanlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oʻz hissamni qoʻshaman” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Gungan” MFY raisi Poʻlat Husanov, mahalla faoli Isoq bobo Hamroyev, profilaktika inspektori leytenant Marhabo Xushvaqtova va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi Dildora Hosilova hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Soʻz olganlar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida samarali ishlar olib borilayotganligi, bu illat jamiyat kushandasi ekanligi haqida hayotiy misollar orqali tushuntirib oʻtildi.

Tadbir davomida Prezidentimizning joriy yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlarda maktab, mahalla va oila bir boʻlib harakat qilishi lozimligi haqida ham taʼkidlandi.

Shuningdek, harbiy qism havo desantchi qidiruv-qutqaruv guruhi aʼzolari hamda uchuvchilar tomonidan samo sarhadlarimizni qoʻriqlash, kasbiy faoliyatga oid qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati