Mudofaa vaziri oʻrinbosari Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi

0
1731

Ertamiz egalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona yurtga daxldorlik hislarini yanada oshirish maqsadida Mudofaa vazirligi tizimida samarali ishlar amalga oshirilib borilmoqda.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fargʻona shahrida joylashgan Prezident maktabida mudofaa vaziri oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu tadbirda Prezident maktabining oʻqituvchilari va oʻquvchilari, Fargʻona “Temurbeklar maktabi” kursantlari ishtirok etdi. Mudofaa vaziri oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev kelajak avlod vakillari bilan samimiy suhbatlashib, yoshlarning fikrlarini oʻrgandi.

Uchrashuv davomida milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish tartibi, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan yurt oʻgʻlonlarining xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari xususida maʼlumotlar hamda ularni qiziqtirgan savollariga toʻlaqonli javoblar berildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari Prezident maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati