Kattaqoʻrgʻon shahridagi mahallalar boʻylab harbiy-vatanparvarlik tadbirlari

2255

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Oʻrikzor” hamda “Amir Temur” MFYlarida aholi va yoshlar uchun keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar mahalla yoshlarni bir joyga jamlab, ona Vatanga boʻlgan muhabbatini oshirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirda yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʻshish – har birimizning eng asosiy vazifalarimizdan boʻlib qolmogʻi lozim ekanligini aytib oʻtishdi.

Shundan soʻng, harbiy xizmatchilar tomonidan bayramona kayfiyat ulashuvchi kuy va qoʻshiqlar, faxriy qorovul vzvodining koʻrgazmali chiqishlari barchaning qalbida faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotdi.

Festival doirasida harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari, kitobxonlik hamda rassomchilik tanlovlari oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati