Quva yoshlari qalbiga vatanparvarlikni jo qilgan festival

0
1713

Fargʻona viloyati Quva tumanidagi “Akbarobod” mahallasida keng qamrovli yoshlar festivali boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari harbiy xizmatchilari, Yoshlar ittifoqi va mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashlari xodimlari, mahalliy aholi va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida bugun mamlakatimizda ertamiz davomchilarining qalbi va ongida sogʻlom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini shakllantirish, ularni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash hamda ezgu maqsadlarini hayotga tadbiq etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Festival doirasida harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi va faxriy qorovulning saf tayyorgarligi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining avto koʻrgazmalari namoyishi hamda sumalak sayli tashkil etildi. Yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazilib, harbiy orkestrning vatanparvarlik mavzusidagi kuy va qoʻshiqlari tadbirga oʻzgacha koʻtarinkilik ulashdi.

Festival yakunida faol qatnashgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati