Diqqat, e’lon!

0
2102

Diqqat, e’lon! “Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” DK bo‘sh ish o‘rinlariga qabul e’lon qiladi

“Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” DK ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida qabul e’lon qiladi:

– yetakchi muhandis texnolog  – 2 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 5 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

– muhandis konsturtor  – 1 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 3 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

– muhandis texnolog – 4 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 3 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

– texnik nazorati bo‘yicha usta – 2 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 3 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

– uchish apparatlarining elektr jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha chilangar – 2 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yoki texnik yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus).

Korxona tomonidan taklif qilinadigan sharoitlar:

  • ishchilarning korxonaga kelib-ketishini korxona hisobidan tashkil qilish;
  • ishchilarni bepul tushlik bilan ta’minlash;
  • yilda bir marotaba moddiy yordam ko‘rsatish (ta’til davrida);
  • xodimlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • madaniy va ommaviy hordiqlar (davlat, milliy va professional bayramlarni nishonlash) va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish;
  • xodimlarning farzandlarini dam olish lagerlarida sog‘lomlashtirish;
  • xodim va yaqin qarindoshlarining vafoti (operatsiya va davolanish, xodimlarga) moddiy yordam ko‘rsatish;
  • yubiley sanalar (50, 55, 60 yosh), korxonada uzluksiz ish staji uchun (15, 20, 25, 30 yil) hamda har oyda xodimlarni rag‘batlantirib borish;
  • tegishli xodimlarni bepul maxsus ish kiyimlari hamda sut-qatiq mahsulotlari bilan ta’minlash;
  • bir yilda bir marta barcha xodimlarni qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash yoki belgilangan miqdorda kompensatsiya puli to‘lab berish;
  • korxona moliyaviy holatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasida ta’lim olayotgan yosh mutaxassislarning to‘lov kontraktlarini to‘lab berish;
  • belgilangan tartib bo‘yicha ijarada turadigan xodimlarga ijara to‘lov shartnomasidan kelib chiqib 50% kompensatsiya to‘lovlarini qoplash.

Oylik ish haqi 3000 000 so‘mdan 5000 000 so‘mgacha.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaning bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan

www.ish.mehnat.uz

rasmiy sayti orqali ham tanishib borishingiz mumkin.

Murojaat uchun manzil:

Toshkent viloyati, Chirchiq sh. 22

telefon/faks:

(+99870) 202-17-57

(+99870)202-17-54

Elektron manzil: charz2012@mail.ru, charz@exat.uz