Ustozlar oʻquvchilari xizmat qilayotgan harbiy qism mehmoni boʻldi

0
424

Markaziy harbiy okrugning Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismga “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan harbiy xizmatchilarning ustozlari taklif etildi.

Ustozlar qoʻllarida guldasta bilan harbiy libosda qarshi olgan shogirdlarini koʻrib benihoya xursand boʻlishdi.

Shundan soʻng harbiy xizmatchilar ustozlarni harbiy qism boʻylab sayohat qilishga undadi. Unda oʻqituvchilar milliy armiyamizni isloh etish natijasida, zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan butlash, harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolariga qulay shart-sharoitlar hamda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarga guvoh boʻlishdi.

  

Yakunda mehmonlar shogirdlari bilan harbiycha taom tanavvul qilib, bir piyola choy ustida dildan suhbat qurishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati