Andijonda Rauf Parfining 78 yilligi nishonlandi

0
401

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Аndijon garnizonida adabiyot olamida yorqin iz qoldirgan ijodkor Rauf Parfining 78 yilligi keng nishonladi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Rauf Parfining yozib qoldirgan ijod namunalari, zalvorli hayoti haqida batafsil ma’lumot berildi. Аdibning sofdil, millatparvar, vatanparvar inson ekanligi ta’kidlandi.

 

Bolalar tomonidan ijro etilgan kuy va raqslar ishtirokchilar ko‘ngliga xush yoqdi. Ayniqsa, Аndijon garnizoni harbiy orkestr xonandalari kuyga solgan shoirning she’rlari barchaga manzur bo‘ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati