Kattaqoʻrgʻon poligonida muhandislik mashqlari

0
689

Markaziy harbiy okrugning “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydonida oʻtkazilayotgan batalyon taktik oʻquv mashgʻulotlari davomida muhandis sapyorlar seksiyasi ishtirokida batalyon mudofaasi old chizigʻiga mexnizatsiyalashtirilgan usulda zirhli texnikalarga qarshi minalar oʻrnatildi.

Xususan, mashgʻulot davomida mutaxassislar maxsus PMZ-4 texnikasi yordamida 3 xil turdagi tankka qarshi minalarni oʻrnatishdi.

Shuningdek, piyodalarga qarshi signalli minalarni oʻrnatish, sunʼiy toʻsiqlarni portalatish hamda mina maydonidan yoʻlak ochish mashgʻulotlarini oʻtkazishdi.

 

Mashgʻulotning ahamiyatli jihati shunda boʻldiki, okrug qoʻshinlarida xizmat qilishni boshlagan yosh harbiy xizmatchilar nazariy olgan bilimlarini amalda sinab, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati