Prezident maktabi oʻquvchilarida vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlagan tadbir

0
1193

Oʻzbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga biriktirilgan Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining tarixiy xotira maydonlariga sayohatlarini tashkil etish maqsadida Qarshi shahrida bunyod etilgan “Odina” meʼmoriy majmuasiga ekskursiya uyushtirildi.

Ushbu ekskursiya davomida bilim yurti kursantlari maktab oʻquvchilariga meʼmoriy majmuaning tarixi, undan oʻrin olgan tarixiy eksponatlar toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlarni yetkazishdi.

Sayohat mobaynida oʻquvchilar sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod ettirilgan “Odina” masjidi meʼmoriy majmuasida tashkil etilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi” bilan ham tanishdilar.

Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar haqida muassasa xodimlari tomonidan ularga soʻzlab berildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati