Mahalla yoshlari bilan keng qamrovli vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
1184

Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy qilish maqsadida vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Festivalda Sharqiy harbiy okrug Fargʻona garnizoni harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi, mudofaa ishlari boʻlimi, harbiy prokuroratura va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Festival doirasida erta tongdan “Sogʻlom hayot sari besh ming qadam” shiori ostida tadbir qatnashchilari tuman markaziy koʻchasi boʻylab harbiy orkestr musiqa sadolari ostida yurish marshini bajardi.

Festivalda tadbirkorlarning turli mahsulotlari koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qoʻl jangi va turli koʻrgazmali chiqishlar tomoshabinlarga maʼqul keldi.

Harbiy orkestrning vatanparvarlik mavzusidagi kuy va qoʻshiqlari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati