Fargʼonaning mahallalarida harbiy-vatanparvarlik festivallari

0
5139

Yurtimizda aholini sogʼlom turmush tarziga amal qilishga undovchi juda koʼplab tadbirlar oʼtkazilib kelinmoqda.
Fargʼona viloyati Yozyovon tumanidagi “Xonobod” mahallasi va Fargʼona tumanidagi “Logʼon” mahalla fuqarolar yigʼinida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari ertalab katta tantanalar bilan “Vatanparvarlik karvoni” “Sogʼlom turmush tarzi sari 5000 qadam” marafoni bilan mahallaga kirib kelishi bilan boshlandi.


Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlari Fargʼona garnizoni harbiy xizmatchilari, viloyatdagi hamkorlikdagi tuzilmalari, tuman hokimligi hamda mudofaa ishlari boʼlimi xodimlari, harbiy prokuratura mutasaddilari, mudofaaga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va tuman aholisi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajardilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar va texnikalar koʼrgazmasi ham namoyish etildi.
Yosh sportchilar ham oʼz chiqishlari bilan tadbirda ishtirok etgani uning yanada ommalashishini taʼminladi. Hamkorlikdagi tuzilmalar vakillarining qoʼl jangi boʼyicha va xizmat itlarining koʼrgazmali chiqishlari tomoshabinlarda qiziqish uygʼotdi.
Mudofaaga koʼmaklashuvchi vatanparvar tashkilotining avto va moto namoyishlari ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi.
Mahalla yoshlarining chinakam vatanparvar boʼlib ulgʼayishlarida ushbu tadbirlarning oʼrni beqiyos. Bunday tadbirlar Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlarida oʼtkazilishi davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati