Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

0
2797

Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan mustahkam oʻrin oldi.

Fargʻona shahrida joylashgan musiqa va sanʼatga ixtisoslashgan maktablardan birida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etishdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir davomida Bobur gʻazallari kuyga solinib, yosh ijodkorlar tomonidan ijro etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati