Men ham kursant bo‘laman…

0
425

Axborot xurujlari keng tarqalgan hozirgi davrda o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu sababli ularning qalbiga Vatanga muhabbat tuyg‘usini singdirish eng ustuvor vazifamizdir. Mamlakatimizning har bir hududida olib borilayotgan vatanparvarlik tadbirlari esa o‘zida mana shu maqsadni aks ettiradi.

Bugun, 24-sentabr kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Quyi Chirchiq tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi. Avvalombor, ularga bilim yurti tarixini o‘zida aks ettirgan hujjatli film namoyish etildi. So‘ngra bilim yurti muzeyidagi eksponatlar, turli xil qurol-yarog‘, aslahalar yosh o‘g‘il-qizlar e’tiboriga havola etildi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari havo desant shaharchasida bo‘lib, kursantlarning mashg‘ulot jarayonlarini kuzatdi.

  

Vatanimiz rivojiga kamardasta bo‘lib, astoydil xizmat qilishga bel bog‘lagan bu yurt egalarining bugungi bir kuni juda ham mazmunli va esda qolarli bo‘lganligi ayni haqiqat. Egnidagi libosi o‘zlariga yarashib turgan yigit-qizlar ushbu libosning mas’uliyatini ham his eta olishiga shubha yo‘qdir.

Sarvinoz QURBONOVA,
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Harbiy jurnalistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi