Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

0
523

Markaziy harbiy okrugning Kattaqo‘rg‘on garnizonida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Murojaatlar senator, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Aliyeva hamda garnizon qo‘mondonligi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Sayyor qabul jarayonida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari tomonidan 60 ga yaqin murojaatlar qabul qilinib, shundan 10% bandlik masalalari, 50% xizmat faoliyatiga oid va 40% boshqa masalalar o‘rganib chiqildi.

 

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgani shahar hokimining tegishli qarorlari bilan hal etiladigan bo‘ldi.

Sayyor qabul yakunida ishtirokchilar uchun Kattaqo‘g‘on shahar drama teatrining iste’dodli aktyorlari tomonidan ma’rifatparvar o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi?” asari asosida yaratilgan teatr sahnasi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati