Namanganda yoshlar harbiy qismda mehmon boʻlishdi

0
988

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda Pop tumani yoshlari mehmon boʻlishdi.
Tadbirda Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi mutaxassislari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.
Ertamiz davomchilari va mehmonlar dastlab harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinfxonalaridagi tarixiy eksponatlar, oʻquv qoʻllanmalar, maxsus ishlangan vidoyefilmlar namoyishi ularga manzur boʻldi.

Harbiy xizmatchilar bilan suhbat davomida ular milliy armiyamiz haqida bir qator maʼlumotlarni bilib oldilar. Qalbi va ongida sogʻlom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini shakllantirish, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash hamda yoshlarning ezgu maqsadlarini hayotga tadbiq etishlari uchun mahallalarda oʻzaro suhbat jarayonlarini tashkil etib, jasorat darslarini oʻtish bilan birga ular uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi soʻzga chiqqanlar tomonidan eʼtirof yetildi.
Xususan, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mahalladagi toʻgaraklarga jalb etish, ular oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil qilish, profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy qism boʻylab sayohat qilish takliflari ham berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati