Termizda chaqiruv mavsumi oldidan komissiya tarkibi bilan yigʻilishi oʻtkazildi

0
872

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Surxondaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasida 2022-yilgi chaqiruv tadbirlarini sifatli tashkillashtirish, shaffoflikni taʼminlash hamda har tomonlama yetuk yoshlarni harbiy xizmatga saralash maqsadida okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tegishli buyrugʻiga asosan harbiy qismlardan tayinlangan maʼsul ofitserlar, tuman, shahar mudofaa ishlari boʻlimlari chaqiruv boʻlinma boshliqlari va tibbiyot xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻi polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ilhom Qambarov, Termiz harbiy prokuraturasi prokurorining katta yordamchisi adliya mayori Gʻiyosiddin Rahmonov va Termiz harbiy gospitali boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot xizmati podpolkovnigi Sobir Haydarovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar chaqiruv ishlarining sifatli va yuqori darajad oʻtkazilishi boʻyicha har bir xodim sidqidildan yondashishlari zarurligini aytib oʻtib, oʻtgan yillarda qayd etilgan kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik taʼkidlandi.

III darajali serjan Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni