“El Navoiyni yod yetsa”

0
757

Har yili 9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavallud sanasi bayramona tarzda nishonlanishi yaxshi anʼanaga aylangan. Joriy yilda ham ushbu qutlugʻ sana yanada koʻtarinkilik, oʻzgacha shukuh bilan adabiyot, maʼnaviyat, ilm-maʼrifat, doʻstlik ayyomi sifatida oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida soʻz mulkining sultoni, gʻazal mulkining hoqoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan “El Navoiyni yod yetsa” shiori ostida davlat va jamaot tashkilotlari vakillari, Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi aʼzolari, viloyat madaniyat va sanʼat xodimlarini jalb etgan holda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda soʻz olgan Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari L.Qambarov:
Davrlar oʻtadi, masofa ortar,
Yurakka yaqinlab boradi bu nom.
Har lahza hikmati yodimni tortar,
Navoiy yodi-la yashaymiz mudom.
– deya toʻrtlik bilan oʻz maʼruzasini boshladi.

Madaniyat boshqarmasi maqomchilik yoʻnalishi sozanda va xonandalari ijrosida Hazrat Navoiyning gʻazallari kuylandi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati