Sportchilar tantanali kutib olindi

0
1011

Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Fujayra shahrida taekvondo WT yo’nalishi bo’yicha «Fujairah Open-2022» nufuzli turniridan muvaffaqiyat bilan qaytgan sportchilar tantanali kutib olindi.
Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo’lib, unda Olimpiada ochkolari o’ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz ikki guruhga bo’lingan holda ishtirok etdi. Ularning dastlabkisi «Fujairah Open-2022» musobaqasi hisoblanadi.

Quvonarlisi, birinchi kungi bellashuvlarni o’zidayoq 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Mudofaa Vazirligi Sport Markazi sportchisi QK xizmatchisi Ulug’bek Rashitov 2022 yilni oltin medal bilan boshlab oldi.
Sportchilarimizni qo’lga kiritgan natijalari quyidagicha:
Oltin medal:
-68 kg: Ulug’bek Rashitov (O’R MV SM);
-74 kg: Jasurbek Jaysunov (O’R MV SM);
-62 kg: Feruza Sadikova;
+73 kg: Svetlana Osipova;
Kumush medal:
-63 kg: Niyoz Po’latov (O’R MV SM);
Bronza medal:
-80 kg: Nikita Rafalovich (O’R MV SM);
-53 kg: Charos Qayumova.
Olqishlar bilan kutib olingan sportchilarga kelgusi musobaqalarida ham faqat yorqin g’alabalar yor bo’lishini tilab qolamiz.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti