Nukus va Urganch garnizonlarida “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovi gʻoliblari saralandi

0
2273

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug Urganch garnizonidagi harbiy qismlardan birida “Men namunali harbiy oila bekasiman!” shiori ostida “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovining harbiy qism bosqichi boʻlib oʻtdi.
Jami besh nafar harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari ishtirok etgan koʻrik-tanlovda bekajonlar “Men namunali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip oʻtmasa”, “Hozirjavob zukko ayol”, “Biz Toʻmaris izdoshlarimiz” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi.
Shartlarni bajarish vaqtida oila bekalari oʻzlarining aktyorlik, oshpazlik, topqirlik mahoratlarini yuqori saviyada namoyon etib, tomoshabinlarning gulduros qarsaklariga sazovar boʻlishdi.

Tanlovda shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Fayzullo Qodirovning turmush oʻrtogʻi Nilufar Umrzoqova yuqori ball bilan faxrli birinchi oʻringa loyiq topildi. Gʻoliblar va ishtirokchilar harbiy qism komandirining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Ayni paytda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug Nukus va Urganch garnizonlarida barcha harbiy qism va muassasalar “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovini oʻtkazishib, gʻolib ishtirokchilar okrug bosqichiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati