Urganchda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

0
1895

Yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, yurtimizdagi barqaror tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda uni asrab-avaylashga targʻib etish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri.
Shimoli-g’arbiy harbiy okrugga qarashli Urganch garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida turli xil sport musobaqalarini o’tkazish, milliy gʻoyaga sodiqlik, vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish, ularda mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni shakllantirish hamda maʼnaviy-axloqiy qarashlarni tarbiyalash maqsadida harbiy-vatanparvarlik festivali o’tkazildi. Tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida o’tkazilgan tadbirda o’quvchi yoshlar, talabalar, mahalla faollari, nuroniylar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Dastlab, festivalga yig’ilganlar harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlarining guvohi bo’lgan bo’lsa, so’ngra zamonaviy qurol-aslaha va jangovar texnikalar namoyishi tadbir qatnashchilariga manzur bo’ldi.

– Bu kabi festivallar mahallamiz yoshlari uchun haqiqiy motivatsiya bo’lishi shubhasiz, – deydi Urganch shahridagi “Ma’rifat” MFY raisi Omonboy Hojiyev. – Oʻz oldiga bunyodkorlik, yaratuvchanlik maqsadlarini qoʻygan o’g’il-qizlarimiz maqsadlari sari charchamay, og’ishmay hamda toliqmay olgʻa intilishida samarali natija berishi shubhasiz.
Tadbir davomida yig’ilgan yoshlar uchun shaxmat-shashka musobaqalari tashkil etilib, g’olib va sovrindorlarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti