Harbiy shifokorlar chekka hudud va mahallalarda

0
1948

Yurtimizda mahallabay ishlash, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Sharqiy harbiy okrugda ham bu kabi xayrli ishlar izchil amalga oshirilib, jumladan, Fargʻona harbiy gospitali shifokorlari hamda Andijon viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Andijon viloyatining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholining sogʻligini mustahkamlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazilmoqda.

Tibbiy koʻrik jarayonida kardiolog, urolog, terapevt, ultra tovush tekshiruvi, rentgen kabi bir qator tekshiruvlardan oʻtib, kerakli muolajalar belgilanib, tegishli tavsiyalar berib oʻtilyapti.
Birlamchi dori-darmon mahsulotlari bemorlarga shu joyning oʻzida taqdim etilmoqda. Shifokorlar aholiga sogʻlom turmush tarzini tadbiq qilish boʻyicha bir qator kerakli maʼlumotlar ham berishmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati