Markazda Navoiy tavalludiga bagʻishlab zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi

0
787

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi bilan hamkorlikda kursantlar va bir guruh yoshlar oʻrtasida Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlab zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Mazkur tadbir yosh harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosini oʻrganish, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda maʼnaviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Bellashuvda kursantlar va yoshlar savol-javob, sardorlar bellashuvi, Alisher Navoiy gʻazallaridan namunalar aytish kabi shartlarda oʻzaro bellashishdi.
Yakuniy natijalariga koʻra “Yangi Oʻzbekiston yoshlari” jamoasi gʻolibi deb topildi hamda Markaz qoʻmondonligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Kichik serjant Bahromjon USMONOV