Sinovlarda toblanar yurt oʻgʻlonlari

0
1691

Harbiy xizmatchining har qanday jangovar topshiriqni oʻz vaqtida va sifatli bajarishida uning har jihatdan tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jangovar shayligi mustahkam boʻlgan harbiy xizmatchi turli vaziyatlarda ham qoʻyilgan topshiriqni aniq va bexato bajarib, gʻoliblikka erishadi.

Boʻlinmalarda reja asosida oʻtkazilayotgan nazorat tekshiruvlaridan koʻzlangan maqsad ham ayni shudir. Shundan kelib chiqib Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Muborak garnizonida joylashgan harbiy qismda navbatdagi jangovar tayyorgarlik nazorat tekshiruvlari oʻtkazilmoqda.

Tadbirning birinchi kunida dastlab, mutaxassislar tomonidan qatnashchilarga nazorat tekshiruvining maqsad va vazifalari haqida yana bir bor maʼlumotlar berib oʻtildi. Shundan soʻng shaxsiy tarkibning hujjatlari koʻzdan kechirildi, saf koʻrigi va saf tayyorgarligi oʻtkazildi.

Tashkil etilayotgan bunday mashgʻulotlarda yurt oʻgʻlonlarining jangovar shaylik darajasi, taktik harakatlar olib borish va boʻlinmaning jangovar topshiriqlarni bajarish borasidagi tayyorgarligi sinovdan oʻtkaziladi. Nazorat tekshiruvlari davom etmoqda.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati