Buxoroda Navoiy ijodi yod etildi

0
1916

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlab yurtimizning barcha talim maskanlari, harbiy qism va qator tashkilotlarida manaviy-marifiy tadbirlar, badiiy kechalar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu kabi tadbirlardan biri Buxoro garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida dastlab, harbiy xizmatchilar Navoiy hayoti va ijodi, uning asarlari asosida oʻzbek va ingliz tillarida chiqishlar qilgan boʻlsa, soʻngra tashrif buyurgan oʻquvchilar tomonidan shoirning gʻazal va sheʼrlaridan misralar keltirildi. Kechada oʻquvchilar ijodkorning asarlari va undan joy olgan dostonlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bunday tadbirlar esa yoshlarning oʻz tarixi, ananalari va manaviy qadriyatlariga hurmatini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati