Yoshlar bir qator musobaqalarda mahoratlarini namoyish etdi

0
1908

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi umumta’lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni sportga jalb qilish maqsadida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, tuman hokimligining yoshlar bilan ishlash yetakchilari va yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqalar arqon tortish, o‘q otish, boks kabi bir qator sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Yoshlar esa o‘zlarining bor mahoratlarini namoyish etdi.
G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati