“Balli, ayollar” ko‘rik tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
2051

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy qismlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida “Balli, ayollar” ko‘rik tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bunda to‘rtta shart bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oilalari bellashdi.
Ishtirokchilar “Men namunali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip o‘tmasa”, “Hozirjavob va zukko ayol”, “Biz To‘maris izdoshlarimiz” kabi shartlar bo‘yicha sinovdan o‘tdi.
Har bir ishtirokchilar To‘maris izdoshlari shartida tarixga nazar tashlab, To‘maris va bir qator tarixiy o‘zbek ayollari siymosini yaratdi.

Ishtirokchilarning ko‘rik tanlov shartlarini bajarish jarayonlari esa hakamlar hay’ati tomonidan shaffoflik bilan baholanib borildi. “Balli, ayollar” ko‘rik tanlovi ishtirokchilarining pazandachilik namunalari va qo‘l mehnati ko‘rgazmalari ham bo‘lib o‘tdi.
Faxrli birinchi o‘rinni Andijon garnizoni harbiy xizmatchisining rafiqasi Kamolaxon Abdullaeva egalladi. G‘olib ishtirokchi okrug qo‘mondonligi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, Mudofaa vazirligi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati