Nurafshonda mahallalarda yoshlar bilan ishlash hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi

0
497

Toshkent viloyati Nurafshon shahar Yoshlar markazida bugun, 7-fevral kuni mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyati jamoat tashkilotlari rahbarlari, Mudofaa ishlar boshqarma va boʻlim boshliqlari, hokim oʻrinbosarlari, Yoshlar ittifoqi tuman va shahar Kengashlari raislari, Yoshlar ishlari agentligi tuman va shahar boʻlimlari rahbarlari ishtirok etdi
Yigʻilishni Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov kirish soʻzi bilan ochdi va olib bordi.

Tadbir davomida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Mehriddin Qoʻchqorov, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Baxtiyor Oʻrolboyev, Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Zuhra Mirgaziyeva, mudofaa vazirining yoshlar masalasi boʻyicha yordamchisi Gulruh Pardayeva hamda viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari soʻzga chiqdi.
Yigʻilish davomida mahallalardagi yoshlar yetakchilariga amaliy koʻmak berish boʻyicha takliflar muhokama qilindi hamda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti