Navoiy hayoti va ijodi – yoshlarga ibrat

0
974

Buyuk mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni – Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yiligi munosabati bilan Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari oʻrtasida navoiyxonlik kechasi oʻtkazildi. Kechada harbiy qism qoʻmondonligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Kengashi xodimlari ishtirok etdi.
Navoiyxonlik kechasida harbiy xizmatchilar oʻrtasida tuzilgan jamoalar quyidagi shartlar boʻyicha oʻz bilimlarini sinab koʻrishdilar:
– Navoiy izdoshlari;
– Navoiyxonlik bilimdonlari;
– Navoiy ijodi – maʼnaviyat bulogʻi.
Bir-biridan qiziqarli shartlarga aniq va toʻliq javob bergan jamoalar natijasi hakamlar tomonidan shaffoflik bilan baholanib borildi. Gʻolib jamolarga harbiy qism qoʻmondonligining esdalik sovgʻalari topshirildi.


Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar tomonidan Alisher Navoiyning hayotidan sahna koʻrinishi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati