Faxriylarning bir kunlik zavqli sayohati

0
554

Mamlakatimizda ustoz va murabbiylarga ehtirom koʻrsatish, ularning boy tajribasidan bahramand boʻlish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha bir guruh Mudofaa vazirligi faxriylari ishtirokida amaliy sayohat tadbiri tashkil qilindi. Birinchi manzil Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Togʻ oʻquv markazi”da boʻlib, unda mehmonlar Markazda harbiy xizmatchilarimizga yaratilgan shart-sharoitlar, ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Keyingi tashrif Chirchiq shahrida joylashgan Zirhli texnikalarni taʼmirlash zavodida boʻlib oʻtdi. U yerda faxriylar zavod faoliyati, bu yerda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari bilan suhbat olib borishdi. Muloqotlar davomida zavodning avvalgi va hozirgi holati, oʻzgarish va yangilanishlar haqida jonli misollar aytildi.

  

Keyingi manzil Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti sari boʻldi. U yerda faxriylar bilim yurtining shonli tarixini oʻzida aks ettiruvchi muzeyga sayohat qilishib, bilim yurti tashkil etilgan kundan bugungacha boʻlgan davrni oʻzida aks ettiruvchi eksponatlar, tarixiy suratlar bilan tanishishdi. Sayohat davomida Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan uyushtirilgan musiqiy chiqishlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Shunda soʻng faxriylarimiz Chirchiq shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotida ham boʻlishib, u yerda oʻquvchi yoshlarning erishgan yutuqlari, oʻtkazilayotgan mashgʻulotlariga bevosita guvoh boʻlishdi. Qisqasi, bir kunlik sayohat taassurotlari tajribali ustozlarga cheksiz zavq, faxr-iftixor baxsh eta oldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti