Yoshlarimizni maʼnaviy jasorat ruhida tarbiyalash – mustaqillikni asrab-avaylash demakdir

0
4650

Hozirgi globallashuv sharoitida aholining keng qatlamlarida, ayniqsa yoshlarda milliy gʻoyaga sodiqlik, vatanparvarlik tuygʻularini, yuksak maʼnaviy-axloqiy qarashlarni tarbiyalashning, ularda mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi yanada oshmoqda.

Xususan, Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonlarida harbiy xizmatchilar mahalla yoshlarini mafkuraviy-maʼnaviy xurujlardan himoya qilish hamda ularda vatanparvarlik hislarini shakllantirish maqsadida mahallarda ular bilan ijtimoiy soʻrovnomalar va davra suhbatlari oʻtkazishmoqda.

Unda yoshlarning har kuni, har onda fidoyi boʻlishi, oʻz oldiga qoʻygan buyuk bunyodkorlik, yaratuvchanlik maqsadlar sari charchamay, toliqmay olgʻa intilishi, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirishi lozimligini taʼkidlab, jasorat va vatanparvarlik soatlarini oʻtishdi.

Shuningdek, bugungi murakkab tahlikali davrda yoshlar tarbiyasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotganligi va yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib, undan unumli foydalanishlari lozimligini aytib oʻtishdi.

Zero kelajak yoshlar qoʻlida ekanligini, bizgacha yetib kelgan milliy, maʼnaviy meʼroslarimizni bizdan keyingi avlodlarga yetkazish lozimligini aslo unutmaslik kerak.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati