Samarqand va Jizzax garnizonlarida “Balli, ayollar” koʻrik tanlovining gʻoliblari aniqlandi

0
4502

Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Jizzax garnizonlaridagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oila bekalari oʻrtasida “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

“Men namunali harbiy oila bekasiman” shiori ostida oʻtkazilayotgan mazkur tadbir tinchligimiz posbonlari oilalarining jamiyatdagi nufuzini oshirib, oilalarda har taraflama barkamol avlodni kamolga yetkazishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatli boʻlmoqda.

Ayniqsa, tanlovda mahallada hurmat-eʼtibor qozongan, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini oʻrnatgan va farzandlar tarbiyasida boshqalarga ibrat boʻlayotgan harbiy oila bekalari ishtirok etayotgani tadbirning yanada qiziqarli oʻtishiga xizmat qildi.

Koʻrik tanlov yakunida gʻolib va turli nominatsiya egalari diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati