Farg‘onada Navoiy va Bobur tavvalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

0
2421

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni doirasida she’riyat sultoni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavvalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ona Vatanga muhabbat aks etgan g‘azallari sahna ko‘rinishi orqali namoyish etildi.
Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari, iste’dodli o‘quvchilari tomonidan g‘azallar musiqiy ko‘rinishda jonli ijro etildi.

Tadbir yakunida konsert dasturida faol ishtirok etgan maktab rahbariyati harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida o‘tkazilishi davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati