Shaffoflik va to‘g‘rilik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi

0
953

Hayotda birgina noto‘g‘ri tashlangan qadam insonlarning yillar davomida erishgan yutuqlari, obro‘-e’tiborini yo‘qqa chiqaradi. Uning oilasi va yaqinlari sha’niga dog‘ tushiradi. Bu illatlarning oldini olish va uning oqibatlari ayanchi ekanligi borasida barcha sohalarda tadbirlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Xonobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Qarshi harbiy prokuraturasi xodimlari va harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etgan tadbirda mavzu bo‘yicha maьruzalar eshittirildi. Unga ko‘ra bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani hamda bu borada barchamiz bir musht bo‘lib harakat qilmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Albatta, shaffoflik va to‘g‘rilik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi. Soha xodimlari tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad maqsad ham ayni shudir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati