Eng ilg‘or jangovar vzvod musobaqasi g‘oliblari rag‘batlantirildi

0
1106

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangovar vzvod» musobaqasi g‘olibi bo‘lgan edi.

Bugun ushbu g‘oliblar harbiy okrug va harbiy qism mas’ullari tomonidan e’tirof etildi.

Vatan himoyachilarining mashqlarda toblanib, musobaqalarda o‘zlarini har tomonlama namoyish qilayotgani va yuqori o‘rinlarni egallayotgani juda quvonarli, albatta.

Bunday musobaqalarda ular nafaqat salohiyatini namoyish qiladi, balki tajribalarini yanada oshiradi.

Gʻoliblarga Mudofaa vazirligining esdalik nishonlari va sovg‘alar topshirildi.

Tadbir davomida harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari yuqori lavozimlarga tayinlandi va navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati