“Nukus” dala o‘quv maydonida majmuaviy aloqa mashg‘ulotlari tashkil etildi

0
2175

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug boshqaruv apparati hamda aloqa harbiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda majmuaviy aloqa mashqlari bajarildi.

Bo‘linmalarni yuqori jangovar holatga keltirish, belgilangan manzillarga marsh uyushtirish, texnikalarni yoyish, yuqori qo‘mondonlik bilan quyi bo‘ysinuvchi bo‘linmalar o‘rtasida barcha turdagi aloqalarni tiklash, okrug boshqaruv apparatini aloqaning barcha turlari bilan ta’minlab berish kabi vazifalar aloqa mashqlari davomida sinovdan o‘tkazilib, baholandi.

Havo haroratining sovuq bo‘lishiga qaramasdan, aloqa qism va bo‘linmalari shaxsiy tarkibi oldiga qo‘yilgan vazifalarni yuksak jangovar mahorat bilan bajarishdi.

O‘quv yakuni bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bir guruh harbiylar qo‘mondonlik tomonidan rag‘batlantirildi. Shuningdek, aloqa mashqlarini takomillashtirish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati