Fargʻonada “Eng ilgʻor jangovar batareya” musobaqasi gʻoliblari munosib eʼtirof etildi

0
1534

Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda harbiy xizmatchilar oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazib, bor kuch va gʻayratlarini safarbar qilgan holda toblanishmoqda.
Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor jangovar batareya” musobaqasi gʻolibi boʻlgan edi.
Bugun ushbu gʻoliblar harbiy okrug va harbiy qism masʼullari tomonidan eʼtirof etildi.

Vatan himoyachilarining mashqlarda toblanib, musobaqalarda oʻzlarini har tomonlama namoyish qilayotgani va yuqori oʻrinlarni egallayotgani juda quvonarli hol, albatta. Bunday musobaqalarda ular nafaqat salohiyatini namoyish qiladi, balki tajribalarini yanada oshiradi.
Gʻoliblarga Mudofaa vazirligining esdalik nishonlari va sovgʻalar topshirildi. Tadbir davomida harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari yuqori lavozimlarga tayinlandi va navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati