Namanganda yoshlar dala oʻquv maydonida boʻlishdi

0
850

Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy qilish maqsadida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida koʻplab targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati Chust tumanidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tumanning uyushmagan yoshlari va oʻquvchi yoshlar bilan birgalikda “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida koʻrgazmali amaliy mashgʻulot tashkil etdi.
Tadbirda yoshlar bilan ularning qiziqishlari, milliy armiyamiz haqidagi tushunchalari toʻgʻrisida suhbat boʻlib oʻtdi. Ertamiz davomchilarining savollariga batafsil javoblar berildi.

Shundan soʻng qurol-aslahalar va harbiy texnikalar koʻrgazmasi namoyish etildi.
Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar ularning harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini oshirib, milliy armiyamiz haqida bir qator kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishini taʼminlamoqda. Bu oʻz navbatida yoshlarning vatanparvar boʻlib ulgʻayishlarida koʻmak boʻlyapti.
Bunday tadbirlar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida oʻtkazilishi davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati