“Ayollar spartakiadasi” bellashuvining qo‘mondonlik bosqichi o‘tkazildi

0
2970

Mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashda o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga, xizmat majburiyatlarini ham a’lo darajada bajarayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Ayollar spartakiadasi” bellashuvining qo‘mondonlik bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa ishtirokchilari shahmat-shashka, stol tennisi, badmentol, voleybol, arqon tortish va harbiy estafeta kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismning “To‘maris izdoshlari” jamoasi birinchi, Qashqadaryo viloyatining “Vatanparvar qizlar” jamoasi ikkinchi va markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism harbiy xizmatchilaridan iborat “Fidoyilar” jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti