Harbiy xizmatchilar o‘rtasida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

0
2698

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda okrug miqyosida “Tosh ko‘tarish” va “Armiya qo‘l jangi” sport turlari bo‘yicha saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, okrug sport vzvodi harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Dastavval ishtirokchilarga musobaqa shartlari va xavfsizlik qoidalari eslatib o‘tildi va shundan so’ng, musobaqaga start berildi.

“Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha kechgan murosasiz bahslarda yurt o‘g‘lonlari o‘zaro kuch sinashib, ular orasidan g‘oliblar aniqlandi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng “Armiya qo‘l jangi” bo‘yicha bahslarga navbat berildi. Sportchilar turli vazn toifalarida bellashdilar. Shiddatli bellashuvlar hakamlar hay’ati tomonidan shaffoflik bilan baholanib borildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati