Buxoroda “Ayollar spartakiadasi” o‘tkazildi

0
5216

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ayollar spartakiadasi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur bellashuvda okrug tasarrufidagi barcha harbiy qismlarda faoliyat yuritayotgan sportchi ayol harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Musobaqada qatnashchilar sportning arqon tortish, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka va darts oʻzaro baxs olib borishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan bellashuvlarda ishtirokchilar har bir sport turi boʻyicha oʻz bilim va mahoratlarini koʻrsatgan holda harakat qilishdi.

Qizgʻin tarzda oʻtkazilgan mazkur bellashuvda umumjamoa hisobida 1-oʻrin Surxondaryo jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-oʻrinni Qashqadaryo egalladi. 3-oʻrinni esa Buxoro viloyatlari jamoasi band etdi. Gʻoliblar diplom va kuboklar bilan taqdirlandi.

Albatta, bu kabi musobaqalarning doimiy ravishda tashkil etilishi harbiylarning oʻz sohalari boʻyicha malakasini oshirishga, ularning salomatligini mustahkamlashga hamda sportchi harbiylar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy matbuot xizmati