Markazda chavondozlik sirlari boʻyicha mahorat darslari va koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi

0
1108

Mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, yoshlar oʻrtasida ot sportini faol targʻib qilish va ommalashtirish maqsadida, shuningdek, ushbu sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligi mutaxassislari oʻrtasida kasbiy tajribani almashish boʻyicha maxorat darslari va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislar tayyorlash markazida viloyat Milliy gvardiya huzurida otliq boʻlinmalari bilan hamkorlikda tajriba almashish maqsadida mahorat darslari va koʻrgazmali mashgʻulot tashkil etildi.

Unda kursantlar, muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlar va Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasi ishtirok etdi.

Dastlab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan kursantlar va muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlarga chavandozlik sirlari va qoʻshinlarda otlardan foydalanish yuzasidan mahorat darsi oʻtkazildi hamda harbiy xizmatchilar amalda otlardan foydalangan holda oʻz koʻnikmalirini oshirdilar.

Shuningdek, Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasining musiqa sadolari ostida otliq boʻlinmalar va harbiy xizmatchilarning saf yurishi boʻlib oʻtdi.

kichik serjant Baxromjon Usmanov