Mehmonlarda katta taassurot qoldirgan Qurolli Kuchlar davlat muzeyi

0
1282

28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Qurolli Kuchlari vakillaridan tashkil topgan majmuaviy ishchi guruhi tashrif buyurdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kotibiyatidanhamda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston respublikalaridan kelgan vakillarda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi ekspozitsiyadan oʻrin olgan Amir Temurning jang sanʼatiga bagʻishlangan koʻrgazmalar katta taasurot qoldirdi.

Tashrif davomida ular Markaziy Osiyoda yetakchi oʻringa ega va eksponatlarga boy muzeyga tashrif buyurishganidan minnatdor ekanini bildirdi.

Shuningdek, Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari tomonidan minnatdorchilik ramzi sifatida Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti