Fargʻonada OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi

0
2458

28-yanvar kuni Mudofaa vazirligiga qarashli Fargʻona “Temurbeklar maktabi”da ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Unda, Fargʻona MTRK, “Ruxsor” TRK va respublika nodavlat telekanallarning hududiy muxbirlari, viloyatning shahar, tuman va tashkilot axborot xizmati xodimlari ishtirok etdi.

OAV xodimlari “Temurbeklar maktabi”da oʻquvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlarining imkoniyatlari bilan batafsil tanishib chiqdi. 

Press-tur ishtirokchilari harbiy-akademik litsey oʻquv binolari, sport majmuasi, oʻq otish trenajyori, aviamodel toʻgaragi, yotoqxona hamda kichik dala oʻquv maydonida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati