Navoiylik yoshlar mahalla faxriga aylanishdi

0
2649

Navoiy viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida tahsil olayotgan bir guruh boʻlajak harbiy xizmatchilar ishtirokida ular istiqomat qiladigan, yaʼni Navoiy shahridagi “Binokor” MFYda “Askar mahalla faxri” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda mahalla faollari, chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar mahalladagi ushbu yoshlarning kelajagi uchun toʻgʻri yoʻlni tanlangani alohida etirof etib, ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirishdi.

Shuningdek, profiliaktika inspektorlari ish bilan band boʻlmagan va koʻchalarda maqsadsiz yurgan yoshlarning xatti-harakatlarining oxiri turli huquqbuzarliklar va jinoyatga olib kelishi mumkinligi turli misollar bilan soʻzlab berdi.

Shundan soʻng, chaqiriluvchilar harbiy-texnik mutaxassisligi boʻyicha egallayotgan bilimlari va erishyotgan yutuqlari haqidagi soʻzlab, oʻzlarida faxr va gʻururlanish kabi hislarini uygʻonganini takidlashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati