Navoiylik yoshlar Nurotaning tarixiy qadamjolarida boʻlishdi

0
896

Markaziy harbiy okrugining Navoiy garnizonidagi Safarbarlik chaqiruv rezervi yigʻini ishtirokchilari va bir guruh yoshlar Navoiy viloyati Nurota tumanining “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga sayohat qilishdi.

Yurtimizning boy tarixga ega boʻlgan Nurota shahri geografik jihatdan Oʻzbekistonning markazida joylashgan boʻlib Nurota tumani shimoli-sharqdan Jizzax, janubiy-sharq va sharqdan Samarqand viloyati, gʻarb va janubiy-gʻarbdan Navoiy viloyatining boshqa tumanlari bilan chegaradoshdir. Shu bilan birga shaharning tarixi ham uzoq oʻtmishga borib taqaladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati