Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan o‘quv yig‘ini

0
2490

Nukusda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining 2021—2022-yil jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq vazirlik Yongʻin nazorati boshqaruv organlari harbiy xizmatchilari bilan uslubiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Yongʻin xavfsizligi xizmati boshligʻi rahbarligida oʻtkazilgan uslubiy yigʻinda 2021-yilning II yarim yilligida nazorat obyektlari tekshiruvlari natijasi boʻyicha yongʻin xavfsizligi holati tahlil qilindi, yongʻin nazorati organlari harbiy xizmatchilari tomonidan bajarilgan ishlar sarhisobi tinglandi. Shuningdek, yigʻin ishtirokchilari qoʻshinlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashdi.

Uch kunlik yig‘in soʻngida harbiy obyektlarda 2022-yil I yarim yilligida yongʻin nazoratini tashkil etish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, barcha harbiy okruglardan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilarga Qoraqalpogʻistonning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil etilishi uslubiy yigʻinni yanada qiziqarli va mazmunli oʻtishini taʼminladi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati