Toyloq tumanida “mahallabay” tizimining yangi bosqichi keng quloch yoydi

1973

Markaziy harbiy okrugiga biriktirilgan Toyloq tumanidagi “Nayman” MFYda “Mahallabay” ishlash tizimining yangi bosqichi oʻz ishini boshladi.

Unda okurg qoʻshinlari qoʻmondoni boshchiligida ushbu mahalladagi yurtdoshlarimizning ijtimoiy muhiti atroflicha oʻrganildi. Shu kuni mahallada yoshlar hamda harbiylar oʻrtasida turli sport musobaqalari, psixologik taʼsir qiluvchi va yoshlarni birlashtiruvchi “teambuilding” oʻyinlari, harbiy texnika va qurol-asalahalar koʻrgazmasi, buyuk ajdodlarimizning koʻrsatgan jasoratlari haqidagi sahna koʻrishlari namoyish etildi.

Shuningdek, okrug taʼmirlash otryadi tomonidan mahalladagi xonadonlar, umumtaʼlim maktablari va bogʻchalardagi taʼmirtalab boʻlgan jihozlarni taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Mahalladagi keksalar va yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun “street workout” kabi turli sport maydonchalari yangidan barpo etilib, mahalla ahliga foydalanishga topshirildi.

Ushbu yangi bosqichda mahalladagi yosh-u qarida kasalliklarni oldini olish yuzasidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etilib, unda Samarqand harbiy gospitalidan nevropotolog, terapevt, okulist, jarroh, stomotolog, lor, kardiolog, endokrinolog kabi 10 dan ortiq shifokorlar jalb etildi.

Harbiy xizmatchilar mahalladagi kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan hamda “temir daftar”ga kiritilgan xonadon egalari bilan ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va sovgʻalar ulashdi. 

Ushbu tizim doirasida harbiy xizmatchilaor tomonidan yoshlarni chaqiriqqa qadar tayyorlash fanini mukammal oʻrganishlari va bilimlarini mustahkamlash uchun hududda joylashgan 1-sonli umum taʼlim maktabida sinf xonasi yaratilib, yangi oʻquv moddiy bazasi yangilab berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati